09:42 Yakshanba 19 Oktyabr 2025 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Grant
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

Hurmatli Kamilova Xalida Xafizovna, muhtaram ustozimiz!

18.10.2025
13

Sizning ilmiy izlanishlaringiz, yangicha g‘oya va ijodiy tashabbuslaringiz yurtimiz yengil sanoati hamda dizayn sohasining rivojlanishida muhim o‘rin tutadi. Iqtidor, mehr va sadoqatingiz tufayli mamlakatimizda milliy moda maktabi yuksak nufuzga ega bo‘ldi.

Shu quvonchli fursatdan foydalanib, Sizni 75 yillik muborak yubileyingiz bilan Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti jamoasi nomidan chin dildan tabriklaymiz!

Sizga sihat-salomatlik, uzoq umr, oila tinchligi va farovonlik, shuningdek, ilmiy hamda ijodiy faoliyatingizda yangi yutuqlar tilaymiz. Har bir kuningiz shogirdlar muhabbati, yaqinlar e’tibori va yurtimiz e’tirofi bilan yorishib tursin!

Sizning fidoyi mehnatingiz va ilmiy merosingiz yosh avlod uchun ibrat maktabi bo‘lib qolishiga ishonamiz.

Hurmat bilan,
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti jamoasi

Saytni yangi dizayni yoqdimi?