16:37 Juma 11 Iyul 2025 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Elektron hujjatlar
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

“Dekan kubogi” – bilim, jismoniy faollik va sog‘lom raqobat mezoni!

11.07.2025
15

Sanoat texnologiyalari va mexanika fakultetida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida mahalla yoshlari va talabalar ishtirokida shaxmat, shashka hamda futbol bo‘yicha “Dekan kubogi” musobaqalari tashkil etildi.

Musobaqalar do‘stona ruhda, sog‘lom raqobat muhiti ostida o‘tkazilib, ishtirokchilar o‘zlarining intellektual va jismoniy salohiyatlarini namoyon qilishdi.

Bu kabi sport tadbirlari yoshlarda jamoaviylik, tezkor fikrlash, g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoq va sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan e’tiborni kuchaytiradi.

G‘olib jamoalar “Dekan kubogi” bilan taqdirlanib, barcha ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Sport – salomatlik garovi! Yoshlarimizni sog‘lom turmush tarziga chorlaymiz!

Saytni yangi dizayni yoqdimi?