“Dekan kubogi” sport musobaqalari
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev rahbarligida 2024-yil 28-iyun kuni faol va tashabbuskor yoshlar bilan bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishining 31-sonli bayoni, shuningdek, 2024-yil 28-avgustdagi 30-Q/Q-sonli qo‘shma qaror ijrosini ta’minlash maqsadida navbatdagi sport tadbiri tashkil etildi.
2025-yil 3-iyul kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti “Ijtimoiy fanlar va jismoniy madaniyat” kafedrasi sport murabbiylari hamda To‘qimachilik muhandisligi fakulteti jamoasi tashabbusi bilan Yakkasaroy tumanidagi “Rakat” mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla yoshlari, maktab o‘quvchilari va institut talabalari ishtirokida sport musobaqalari o‘tkazildi.
Musobaqalarda “Shaxmat-shashka”, “Stol tennisi” va “Futbol” sport turlari bo‘yicha bahslar tashkil etilib, tadbir “Rektor kubogi”ga saralash bosqichi sifatida belgilandi.
Ushbu tadbir sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yoshlarning jismoniy faolligini oshirish va ularni sportga keng jalb etishga xizmat qiladi.