“Dekan kubogi” – sportdagi mahoratingizni namoyon eting!
2025-yil 16-iyul kuni “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida To‘qimachilik muhandisligi fakulteti tashabbusi bilan Institutga biriktirilgan mahalla yoshlari hamda Yakkasaroy tumanidagi Rakat va To‘qimachi MFY yoshlari ishtirokida “Dekan kubogi” sport musobaqalari o‘tkazildi.
Musobaqalar quyidagi sport turlari bo‘yicha tashkil etildi:
▪️ Stol tennisi
▪️ Shaxmat va shashka
▪️ Futbol
▪️ Karate
Ushbu musobaqalar orqali sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda eng faol va iqtidorli sportchilarni saralab olish orqali “Rektor kubogi” bosqichiga yo‘llanmalarni aniqlash maqsad qilingan.
Bahslar jiddiy raqobat, sportona ruh va hamjihatlik muhitida o‘tdi. Yoshlar o‘zlarining jismoniy va aqliy salohiyatlarini sinovdan o‘tkazib, o‘ziga ishonch, jamoaviylik va qat’iyatni namoyon etishdi.
G‘olib jamoalar keyingi bosqichda – “Rektor kubogi”da institut sharafini himoya qiladi!