DELEGATSIYA VAKILLARI XITOYDAGI ILMIY TADQIQOTLAR BILAN TANISHDI
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti hamda "O‘zto‘qimachiliksanoat" uyushmasi vakillaridan iborat delegatsiya Xitoy Xalq Respublikasiga tashrifi doirasida sohaga aloqador korxonalar bilan o‘zaro hamkorlik muloqotlarini davom ettirmoqda.
Jumladan, delegatsiya Huansi Intelligent Technology Co., Ltd. hamkorligida to‘qimachilik texnoparkiga tashrif buyurib, tabiiy bo‘yoq moddalarini yetishtirish hamda ular asosida matolarni bo‘yash texnologiyalari bo‘yicha olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar bilan yaqindan tanishdilar.
Ilmiy tadqiqotlar samaradorligini oshirish, ekologik toza texnologiyalarni keng joriy etish hamda xalqaro hamkorlikni mustahkamlash maqsadida amalga oshirilgan mazkur tashrif davomida zamonaviy ishlab chiqarish jarayonlari, ekologik toza texnologiyalar hamda ilmiy innovatsiyalarni amaliyotga joriy etish bo‘yicha tajriba almashildi.