“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida ijtimoiy ong va fuqarolik masʼuliyatini oshirishga qaratilgan navbatdagi muhim tashabbus amalga oshirildi
Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan bolalarning real hayotiy voqealari asosida suratga olingan film namoyish etildi. Ushbu filmda bolalikda ruhiy va jismoniy zo‘ravonlikka uchraganlarning ichki kechinmalari, og‘riqli xotiralari va bu holatlarning uy, maktab, bog‘cha kabi makonlarga qanday iz qoldirishi ta’sirli tarzda yoritilgan.
Tadbir davomida mahalla yoshlari ushbu filmni tomosha qilishdi. Ko‘rsatilgan voqealar orqali ularga zo‘ravonlikning salbiy oqibatlari, mehr-muhabbat va tushunish muhitining muhimligi, bolalar huquqlarini himoya qilish zarurligi haqida chuqur fikr berildi.
Film namoyishidan so‘ng, mavzuga oid muhokama tashkil etilib, yoshlar o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi va bu kabi ijtimoiy muammolarga befarq bo‘lmaslik kerakligi ta’kidlandi.
Bunday tashabbuslar yoshlarda ijtimoiy sezuvchanlik, empatya va jamiyatga nisbatan masʼuliyat hissini kuchaytirishga xizmat qilmoqda.