Dolzarb 90 kun” doirasida yana bir unutilmas kun!
“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti Dizayn va texnologiyalar fakulteti yoshlari Mirzo Ulug‘bek nomidagi markaziy istirohat bog‘iga tashrif buyurishdi.
Sayohatning asosiy maqsadi:
– Yozgi ta’til vaqtida talabalar va mahalla yoshlari bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish;
– Yoshlar o‘rtasida sog‘lom dam olish va ijtimoiy faollikni kuchaytirish;
– Vatanimiz go‘shalarini tanishtirish orqali yurtga mehr tuyg‘usini mustahkamlash.
Bog‘da yoshlar nafaqat hordiq chiqarishdi, balki o‘zaro fikr almashib, yangi do‘stlar orttirdilar. Tarixiy haykal va obidalar, madaniy obyektlar bilan tanishib, ulardan ilhomlandilar.
Sayohatdan olingan yorqin lahzalar esa ijtimoiy tarmoqlarda o‘rtoqlashildi va ko‘plab ijobiy fikrlarni uyg‘otdi.
“Vatan bo‘ylab sayohat qil” shiori ostidagi bu tashrif yoshlarga katta motivatsiya va ijobiy kayfiyat ulashdi.