“Dolzarb 90 kun” loyihasi davom etmoqda
“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida “Vatan boʻylab sayohat qil!” mavzusi ostida 9-iyun kuni “Iqtisodiyot” fakulteti tyutorlari hamda talabalari Oʻzbekiston Davlat san’at muzeyiga tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida talabalar muzeyning boy eksponatlari, milliy va jahon san’atiga oid noyob asarlari bilan yaqindan tanishdilar. Mazkur tashrif ularning estetik dunyoqarashini boyitdi hamda madaniy merosimizga bo‘lgan qiziqishlarini oshirdi.
“Vatan boʻylab sayohat qil” loyihasi talabalarning tarixiy va madaniy obidalar haqida chuqurroq bilimga ega bo‘lishi uchun keng imkoniyat yaratmoqda.