20:57 Dushanba 30 Dekabr 2024 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Elektron hujjatlar
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

Dual-taʼlim tizimi asosida tahsil olgan talabalarni korxonada ishda olib qolish masalalari kelishib olindi

30.04.2024
132

Taʼlim-ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlash va chuqurlashtirish hamda “Kasb egasi” dual-taʼlim samaradorligini oshirish maqsadida joriy yilning 15-mart kuni institutimizning Oʻquv ishlari boyicha prorektori X.Kamilova boshchiligida “Virtus trikot” toʻqimachilik aksessuarlari korxonasining rahbariyati bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda qator istiqbolli kelishuvlarga erishildi, jumladan:

• 

korxonada “Korpotativ boshqaruv” kafedrasi filialini ochish va mutaxassislik fanlarining amaliy mashgʻulotlarini kafedra filialida oʻtkazishni tashkil etish;

• 

kafedra filialida soha korxonalariga hamkorlikda menejerlar tayyorlash uchun oʻquv markazini yoʻlga qoʻyish;

• 

talabalar amaliyoti va dual-taʼlim tizimini yoʻlga qoʻyish;

• 

talabalarning bitiruv malaka ishlari himoyasini korxonada oʻtkazish;

• 

dual-taʼlim tizimi asosida tahsil olgan talabalarni korxonada ishda olib qolish masalalari kelishib olindi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?