“Eng zukko kitobxon” intellektual bellashuvi
2025-yil 18-avgust kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida “Dolzarb 90 kun” va “Kitobxon yoz – 2025” loyihalari hamda “Yoshlarga 1000 kitob” rukni doirasida Axborot-resurs markazida “Eng zukko kitobxon” intellektual bellashuvi o‘tkazildi.
Mazkur bellashuvda faol talabalardan iborat ikki guruh – “Zukkolar” va “Bilimdonlar” jamoalari o‘zaro bilim sinovida ishtirok etdilar. Bellashuv ikki bosqichdan iborat bo‘lib:
• 1-bosqich – kitob nomi yoki muallifini topish,
• 2-bosqich – qiziqarli savol-javoblar tarzida tashkil etildi.
Ishtirokchilar yuqori qiziqish va faollik bilan har bir shartda o‘z mahoratlarini namoyon qildilar. Bellashuv jarayonida yoshlar o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazish bilan birga, mutolaa madaniyatini rivojlantirishga intildilar.
Shuningdek, bunday tadbirlar yosh avlodning ma’naviy-intellektual salohiyati, ongu tafakkuri hamda dunyoqarashini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.