TTYSIda “Ma’rifat darslari” davom etmoqda
Bugun, 23-oktabr kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida “Kelajak soatlari” loyihasi doirasida “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” shiori ostida “Davlat tili – milliy maʼnaviyatimiz timsoli” mavzusida 8-“Ma’rifat darsi” o‘tkazildi.
Uchrashuvning asosiy maqsadi — ona tilimiz va davlat tilining hayotimizdagi o‘rni hamda qadriyat sifatidagi ahamiyatini chuqur anglashdan iborat bo‘ldi.
Prezidentimiz ta’kidlaganidek:
“Har birimiz davlat tiliga bo‘lgan e’tiborni mustaqillikka bo‘lgan e’tibor deb, davlat tiliga ehtirom va sadoqatni, ona vatanga ehtirom va sadoqat deb bilishimiz kerak.”
Dars davomida talaba-yoshlar mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar va ona tiliga bo‘lgan ehtiromni yanada chuqur his etdilar.