GOPA tomonidan dual bakalavriat dasturlarini sinovdan o‘tkazishga qaratilgan seminar o'tkazildi
11-oktyabr kuni GIZning “Oʻzbekistonda kasb-hunar taʼlim tizimini isloh qilish va modernizatsiya jarayonini qoʻllab-quvvatlash” loyihasi doirasida GOPA tomonidan loyihaning yakuniy bosqichida, Toshkent to'qimachilik va yengil sanoat instituti vakillari bilan birgalikda tanlangan yo‘nalishlar bo‘yicha yangi ishlab chiqilgan dual bakalavriat dasturlarini sinovdan o‘tkazishga qaratilgan seminar o'tkazildi.
Loyihaning ikkinchi bosqichida quyidagi yo‘nalishlar tanlab olindi:
• To'qimachilik sohasida sifat bo'yicha muhandis-texnolog
• Moda mahsulotlarini targ'ib qiluvchi dizayner-marketolog
Ushbu mutaxassisliklarni o'qitishda ishtirok etuvchi professor-o'qituvchilar yangi dasturlarning mazmuni va tuzilmasi bilan tanishishdi. Shuningdek, xalqaro ekspertlar bilan talabalarni korxonada dual tarzda o‘qitishning uslublari va hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.