Hindistonning “ABBAD XEM” kompaniyasi bosh texnologi institutimizga tashrif buyurdi
Joriy yilning 29-yanvar kuni Hindistonning Chennay shahrida joylashgan “ABBAD XEM” kompaniyasi bosh texnologi Moxammed Akbar Basha institutimizga tashrif buyurdi.
Uchrashuv davomida Charm va poyabzal muhandisligi kafedrasida yuqori malakali mutaxassislarni jalb etish va xorijlik ekspert bilan hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha muzokaralar olib borildi. Shuningdek, sohaga oid yangi texnologiyalar bilan tanishildi.
Bunday uchrashuvlar O‘zbekiston va Hindiston mutaxassislari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash hamda sohaga ilg‘or tajribalarni tatbiq etish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.