09:49 Chorshanba 05 Fevral 2025 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Elektron hujjatlar
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

Huquqbuzarliklar profilaktikasiga oid tadbir o‘tkazildi

15.01.2025
82

2025-yil 15-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti hamkorligida “Yoshlar oʻrtasida sodir etilayotgan axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlar” mavzusida huquqbuzarliklar profilaktikasiga oid navbatdagi profilaktik tadbir o‘tkazildi.

Tadbirni Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor B.Nasimov soʻzga chiqib, yoshlar oʻrtasida ijtimoiy-siyosiy vaziyatning barqarorligini taʼminlash, ularni turli yot oqimlarga qoʻshilib ketishining oldini olish, oliy taʼlim muassasalarida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar amalga oshirilayotganligi, yoshlarimizni har tomonlama sogʻlom va barkamol etib tarbiyalash, oʻz iqtidorlarni namoyish etishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilayotganligi hamda mustaqil va erkin fikrga ega isteʼdodli yoshlar qoʻllab-quvvatlanayotganligini alohida taʼkidlab oʻtdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasining magistratura tinglovchisi podpolkovnik A.M.Umarov Shu bois, institut professor-oʻqituvchilari va masʼullar Ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda talabalar oʻrtasida mazkur yoʻnalishda internet xavfsizligi va javobgarlik masʼuliyatini shakllantirishga qaratilgan profilaktik tadbirlarga alohida eʼtibor qaratishi dolzarb ahamiyat kasb etishini taʼkidladi.

Kiberjinoyat deganda nimani tushunamiz?

Kiberjinoyat – axborotni egallash, uni oʻzgartirish, yoʻq qilish yoki axborot tizimlari va resurslarini ishdan chiqarish maqsadida kibermakonda dasturiy taʼminot va texnik vositalardan foydalanilgan holda amalga oshiriladigan jinoyatlar yigʻindisidir.

Tadbir davomida Kiberjinoyat haqida toʻliq tasavvurga ega boʻlish uchun qisqa videorolik namoyish etildi.
Tadbir soʻngida talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan faol ishtirok etib, mutaxassislar tomonidan javoblar oldilar.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?