Huquqbuzarliklarni oldini olish va uning barvaqt profilaktikasiga ko‘maklashish
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti hamkorligida “Huquqbuzarliklarni oldini olish va uning barvaqt profilaktikasiga ko‘maklashish” mavzusida talaba-yoshlar o‘rtasida profilaktik tadbir o‘tkazildi.
Mazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi professori polkovnik Sh.R.Qobilov, Ichki ishlar vazirligi akademiyasining magistratura tinglovchisi podpolkovnik A.M.Umarov, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor B.Nasimov, fakultet dekanlari, tyutorlar va talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Ushbu tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad yoshlar o‘rtasida Huquqbuzarliklarni oldini olish va uning barvaqt profilaktikasiga ko‘maklashishdan iborat.
Tadbir so‘ngida talaba-yoshlar tomonidan savol-javob bo‘lib, taklif etilgan mehmonlar tomonidan talabalarga kitoblar tarqatildi.