Ichki turizm — ekologik ongni shakllantirish yo‘lida!
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti “Mehnat muhofazasi va ekologiya” kafedrasi professor-o‘qituvchilari “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida “Vatan bo‘ylab sayohat qil!” shiori ostida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Mo‘ynoq tumaniga tashrif buyurishdi.
Ekologik tashrif doirasida:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi ekologiya, atrof-muhit muhofazasi va iqlim o‘zgarishi vaziri Seitova Leyli Po‘latovna bilan
O‘zbekiston Ekologik partiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi partiya tashkiloti Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvdan so‘ng ishtirokchilar Orol dengizi holati bilan yaqindan tanishishdi, ekologik muammolarni ko‘zdan kechirishdi va mahalliy ilmiy izlanishlar bilan tanishish imkoniga ega bo‘lishdi.
Sayohatning maqsadi:
• Talabalar ekologik bilimlarini chuqurlashtirish
• Sohaviy mas’uliyatni oshirish
• Amaliy holat asosida ta’limni boyitish
• Mo‘ynoqda olib borilayotgan ekologik loyihalar bilan tanishish
Tashrif yakunida hamkorlikdagi ilmiy-amaliy loyihalar yuzasidan dastlabki kelishuvlar amalga oshirildi.
Ekologik ongli, faol yoshlar — kelajak tayanchi!