20:07 Dushanba 28 Aprel 2025 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Elektron hujjatlar
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

Ijtimoiy-ma’rifiy tadbir

28.04.2025
23

Bugun Dizayn va texnologiyalar fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari J.Mardonov boshchiligida faol jamoa va talaba-yoshlar ishtirokida Komil Xorazmiy (asl ismi: Pahlavon Muhammadniyoz Abdulla Oxund oʻgʻli) ijodiy merosiga bag'ishlangan adabiy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda Ijtimoiy fanlar va jismoniy madaniyat kafedrasi dotsenti Joniyev Faxriddin Qoʻldoshovich tomonidan Komil Xorazmiy hayoti, ijodi va uning ijodiy merosi haqida qimmatli ma'lumotlar berildi. Komil Xorazmiy — Xorazmning mashhur shoir, xattot, musiqashunos, tarixchi, tarjimon va davlat arbobi. U Xiva madrasasida tahsil olgan va arab hamda fors tillarini mukammal o'rgangan. Shoir sifatida tanilgan Komil Xorazmiy sharq adabiyoti, mumtoz musiqa va xattotlikni chuqur o‘rgangan.

Ushbu tadbir yoshlar uchun juda foydali va ma'rifiy bo‘lib, Komil Xorazmiyning beqiyos merosini yodga olishga imkon yaratdi. Talabalar ijodkor shaxsning hayoti va ilm-fan sohasidagi yutuqlaridan ilhom olishdi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?