18:12 Seshanba 24 Mart 2026 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Grant
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

ILMIY SEMINAR-TRENING BO’LIB O’TDI

18.03.2026
6

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida doktorantlar, magistrlar hamda iqtidorli talabalar ishtirokida ilmiy seminar-trening tashkil etildi.

Tadbirni institutning ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Nodir Mirzayev ochib berdi. Shuningdek, Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i Komil Avazov yoshlarga samimiy tilaklarini bildirdi.

Seminarda o’z ma’ruzasi bilan UzCombinator hammuassisi va UnicornTech asoschisi - Laylo Ismailova ishtirok etib, startap loyihalarini yaratish, texnologiya sohasidagi imkoniyatlar hamda innovatsion g‘oyalarni rivojlantirish bo‘yicha muhim tavsiyalar berdi.

Tadbir davomida institut dotsenti Nursulu Yesbosinova ham ishtirok etib, yoshlar bilan innovatsion loyihalar va startap tashabbuslarini rivojlantirish yuzasidan fikr almashdi.

Mazkur seminar-trening ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otib, ilmiy izlanishlar va innovatsion faoliyatga bo‘lgan intilishni yanada kuchaytirdi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?