07:21 Yakshanba 13 Aprel 2025 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Elektron hujjatlar
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

Innovator yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi

11.04.2025
39

2024-yil 14-fevral kuni davlatimiz rahbari yoshlar bilan uchrashuvda innovatsion g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qator tashabbuslarni ilgari surgan edi. Shu asosda Toshkentdagi “INNO” Texnoparkda Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev innovator yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Tadbirda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti Yoshlar Akademiyasi lideri Otaxonov Obidxon institutda amalga oshirilayotgan ishlar, yoshlarning innovatsion loyihalari va yutuqlari haqida ma’lumot berdi.

Muloqot davomida 20 nafarga yaqin yosh innovator o‘z loyihalarini taqdim etdi. Ular orasida ekologik toza quritilgan pomidor eksporti, yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish platformalari, maktab o‘quvchilari uchun virtual harbiy tayyorgarlik kabi loyihalar mavjud bo‘ldi.

Shuningdek, tadbir davomida ilgari surilgan taklif va tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan amaliy yechimlar berildi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?