Insholar tanlovi bo‘lib o‘tdi
To‘qimachilik muhandisligi fakultetida “Ta’qiqlangan joylarda cho‘milmaslik” hamda “Ruxsat etilgan joylarda cho‘milish qoidalariga rioya etish” mavzulariga bag‘ishlangan insholar tanlovi o‘tkazildi.
Mazkur tanlov cho‘milish taqiqlangan hududlarda aholining xavfsizligini ta’minlash, suvda bolalarning jabrlanishi va cho‘kib ketishi bilan bog‘liq baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida o‘tkazildi.
Tanlov Hakamlar hay’ati tomonidan belgilangan tartibda baholanib, quyidagi natijalar qayd etildi:
1-o‘rin – Boytemirova Sevinch Akbar qizi (28-24 guruh talabasi)
2-o‘rin – G‘olibov Alisher Umid o‘g‘li (8a-23 guruh talabasi)
3-o‘rin – Miraxmedova Shaxzoda Baxodir qizi (7-23 guruh talabasi)