17:08 Seshanba 03 Mart 2026 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Grant
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

INSTITUT DELEGATSIYASI “ITALIYA–O‘ZBEKISTON” TA’LIM FORUMIDA ISHTIROK ETMOQDA

17.02.2026
2

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti delegatsiyasi birinchi prorektor Baxtiyor Nasimov boshchiligida II “Italiya–O‘zbekiston” Ta’lim forumida (Rektorlar forumi) ishtirok etmoqda.

Forum ikki davlatning tegishli vazirliklari rahbarlari, rektorlar hamda yetakchi oliy ta’lim muassasalari vakillarini birlashtirdi.

Kun tartibining asosiy yo‘nalishlari — akademik mobillikni rivojlantirish, talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi, pedagog kadrlar tayyorlash, oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalarini qo‘llab-quvvatlash hamda innovatsion ta’lim dasturlarini joriy etish hisoblanadi.

Institut delegatsiyasining forumdagi ishtiroki xalqaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun imkoniyatlarni kengaytirish, shuningdek, global ta’lim va ilmiy makonga integratsiyani kuchaytirishga qaratilgan.

Tadbir yakunlari bo‘yicha Italiya va O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlik shartnomalari va memorandumlarni imzolash rejalashtirilgan bo‘lib, bu ikki davlat o‘rtasidagi strategik akademik hamkorlikni rivojlantirishda muhim qadam bo‘ladi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?