Institutimizga “Vision Academy” konsalting agentligi vakillari tashrif buyurishdi
O‘zbekiston va Ozarbayjon munosabatlari tarixiy asoslarga ega. O‘zbekiston va Ozarbayjon ishbilarmon doiralari o‘rtasida to‘qimachilik sohasida hamkorlikni kengaytirish, savdo va kooperatsion aloqalarni o‘rnatish uchun yangi imkoniyatlar yaratilib kelinmoqda. Kuni kecha institutimizga Ozarbayjon Respublikasidan “Vision Academy” konsalting agentligi vakillari tashrif buyurishdi. Agentlik vakili Rashidi Rashid institutimiz imkoniyatlarini yuqori baholab, “Vision Academy” institutmiz bilan hamkorlik aloqalarni o‘rnatdi. Madaniyati bir-biriga yaqin bo‘lgan qardosh yurt yoshlarini O‘zbekistonda tahsil olishini tashkil qilish bo‘yicha shartnoma imzolandi.