Institut talabalari “Gullar festivali”da faol ishtirok etmoqda
Poytaxtimizda an’anaviy tarzda o‘tkazilayotgan va barchaning e’tiborini tortayotgan “Gullar festivali”da To‘qimachilik va yengil sanoat instituti talabalari ham faol ishtirok etmoqda.
Milliy kutubxona maydonida bo‘lib o‘tayotgan mazkur festival minglab turdagi gullar, betakror dekoratsiyalar va ijodiy kompozitsiyalar bilan bezatilib, poytaxtimizga bahoriy kayfiyat baxsh etmoqda.
Institutimiz talabalari tomonidan taqdim etilgan zamonaviy va milliy uslubdagi liboslar ko‘rgazmasi tadbirga o‘zgacha fayz bag‘ishladi. Talabalarimizning ijodiy ishlari festival mehmonlari tomonidan katta qiziqish va e’tirof bilan kutib olindi.
“Gullar festivali” talaba-yoshlarga nafaqat go‘zallikni qadrlash, balki o‘z ijodiy salohiyatini namoyon etish, milliy madaniyat va zamonaviy dizayn uyg‘unligini targ‘ib qilish uchun muhim maydon bo‘lmoqda.