Institutda ingliz tiliga oʻqitish toʻgaraklari faoliyati davom etmoqda
“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida ingliz tili bo‘yicha maxsus o‘quv to‘garaklari muntazam tarzda faoliyat olib bormoqda.
Mazkur mashg‘ulotlar talabalarning xorijiy til ko‘nikmalarini rivojlantirish, ularni zamonaviy axborot maydoniga mos ravishda yetuk kadr sifatida tayyorlashga qaratilgan.
Darslar haftalik jadval asosida olib boriladi, interaktiv va amaliy usullar asosida tashkil etilgan mashg‘ulotlarda talabalar:
- grammatikani chuqur o‘zlashtirish
- so‘z boyligini oshirish
- tinglab tushunish
- erkin suhbatlashish
- o‘qish va yozish kabi asosiy ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda.
Mashg‘ulotlar quyidagi yo‘nalishlarda olib borilmoqda:
• Grammatik va lug‘aviy bilimlarni mustahkamlash
• Dialoglar, rolli o‘yinlar va taqdimotlar orqali so‘zlashuvni rivojlantirish
• Audio/video materiallar asosida eshitish va talaffuzni yaxshilash
• Iqtidorli talabalar bilan alohida guruhlarda chuqurlashtirilgan mashg‘ulotlar
To‘garak rahbari:
Sadullayeva Manzuna Mansurjon qizi – O‘zbek va xorijiy tillar kafedrasi assistenti.
Ingliz tili – bu imkoniyatlar eshigi!
Bilimga chanqoq har bir talaba uchun ochiq bo‘lgan bu to‘garak, ayni damda eng dolzarb yo‘nalishlardan biri hisoblanadi.