Institut kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Majlisning yalpi qismida Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor Xitoy Xalq Respublikasiga amalga oshirilgan safar va uning amaliy natijalari xususida kengash a’zolari oldida chiqish qildi. Shundan so‘ng, ayni safar oldidan hamkor xitoy oliy ta’lim muassasalarida qisqa muddatli amaliyot o‘tagan professor-o‘qituvchilarga ularning sertifikatlari topshirildi.
Kengashda institutimiz qoshidagi akademik litsey direktori – D.Yuldasheva ham so‘zga chiqdi. Direktor tomonidan istiqboldagi rejalar hamda davlat milliy grantlarida ishtirok etish strategiyalari ochiqlandi.
Majlisning ikkinchi yarmida institutimizda mavjud ichki stipendiyalar tanlovi va uning natijalari muhokama qilindi. Taqdim etilgan g‘oliblar ro‘yxati kengash a’zolariga taqdim etildi va ularning tasdig‘idan o‘tkazildi.
Tez orada stipendiatlarimiz ism-sharfini e’lon qilamiz.
Majlisdan so‘ng institut apparati a’zolari "Zoom" platformasi orqali Vazirlik tarkibiy bo‘linmalari hamda tizim tashkilotlari yig‘ilishida ham ishtirok etishdi. Onlayn qurultoyda ko‘tarilgan asosiy masala ijro nazorati deb belgilandi. Majlis spikerlari birin-ketin nazorat natijalari hamda statistikalari bilan barchani tanishtirishdi.
Shundan so‘ng ijro.edu.uz platformasining yangilangan ko‘rinishi hamda mobil ilovasi taqdim etildi.