Institutimiz talabalari uchun yangi stipendiya joriy qilinishi mumkin
Davlat belgisi davlat unitar korxonasi (DUK) bosh direktori Azizxon Hamidov hamda institutimizning yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori Baxtiyor Nasimov o'rtasida uchrashuv bo’ lib o’tdi.
Uchrashuv davomida turli masalalar muhokama qilindi. Xususan o’zaro hamkorlik va talabalarni ish bilan ta’minlash haqida atroflicha so'z yuritildi.
Shundan so'ng dual ta’lim va talabalar amaliyoti borasida fikr almashinib, hamkorlikda ilmiy loyihalar qilish haqida takliflar bildirildi. Eng muhimi, uchrashuvda iqtidorli talabalar uchun yangi stipendia joriy qilish masalasi ko'rib chiqildi.