22:16 Yakshanba 01 Iyun 2025 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Elektron hujjatlar
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

Jadidshunos ijodkor bilan unutilmas uchrashuv o‘tkazildi

21.05.2025
80

Bugun To‘qimachilik muhandisligi fakulteti tashabbusi bilan “Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashgan mutafakkirlar” shiori ostida institutda talaba-yoshlar ishtirokida jadidshunos ijodkor bilan uchrashuv tashkil etildi. Unda “XX asr jadid namoyondalari hayoti va faoliyati” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida talaba yoshlar hamda tarjimon, rassom va yozuvchi O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Davron Rajab va Yozuvchilar uyushmasi muzeyi direktori Munira Ramazanova ishtirok etdilar.

Tadbir talaba-yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini kengaytirishga, ularni ajdodlarimizning boy ilmiy merosiga hurmat ruhida tarbiyalashga qaratilgan.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?