“Jinoyat va uning salbiy oqibatlari” mavzusida profilaktik tadbir
“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Sanoat texnologiyalari va mexanika fakultetida talabalarning huquqiy bilim va ongini oshirish maqsadida “Jinoyat va uning salbiy oqibatlari” mavzusida profilaktik tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida jinoyat tushunchasi, uning jamiyat hayotiga salbiy ta’siri, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlikning oldini olish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Mutaxassislar jinoyat sodir etish oqibatida yuzaga keladigan huquqiy javobgarlik, ijtimoiy izolyatsiya va kelajak imkoniyatlarining cheklanishi kabi muhim jihatlarga alohida to‘xtaldilar.
Talabalar mavzuga oid savollar bilan faol ishtirok etib, huquqiy bilimlarini yanada mustahkamlashdi.