Joriy yilning 21-yanvar kuni institut talaba-yoshlar ishtirokida “Xavfsiz va sog’lom poytaxt” oyligi doirasida “Giyohvandlik - kelajak kushandasi” mavzusida profilaktik tadbir o‘tkazildi.
Mazkur tadbirda Yakkasaroy tuman Ichki ishlar organlar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari mayor M.Miragzamov, 4-Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i kapitan Sh.Asilxo‘jayev, institut profilaktika inspektori mayor A.Tadjibayev va “Qalqon” jamoatchilik guruhi a’zolari ishtirok etishdi.
Talabalar o‘rtasida “Giyohvandlik moddalari va psixotrop vositalarining iste’moli, oldi-sotdi ishlarini oldini olish yuzasidan targ‘ibot-tashviqot ishlarini kuchaytirish lozimligi haqida ko‘rsatmalar berildi.