Bugun, 28-mart kuni instutimizda “O‘zmilliybank” AJ “Kelajakka qadam” markazi vakillari ishtirokida ushbu markaz faoliyatiga bag'ishlangan trening bo'lib o'tdi.
Unda qayd etilishicha, bitiruvchi talabalar 10 million so'mdan boshlab, 100 million so'mga qadar, shuningdek yirik loyihalar uchun 1 milliard so'm miqdorida ham imtiyozli asosda kredit olishlari mumkin.
Treningda talabalar faol ishtirok etib, o'z savollariga javob olishdi.
Shundan so'ng mutasaddilar institutimiz 2-binosida tashkil etilgan “Kelajakka qadam” markazining filiali bilan tanishishdi.