“Kino kechasi”da talabalar “Xoin” filmidan hayotiy saboqlar oldilar
2025-yil 16-iyun kuni Dizayn va texnologiyalar fakulteti jamoasi tomonidan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida talabalar ishtirokida “Kino kechasi” tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida “Xoin” o‘zbek badiiy filmi namoyish etildi. Filmda insonlar o‘rtasidagi ishonchni izdan chiqaruvchi xiyonat, uning salbiy oqibatlari hamda munosabatlarga ta’siri chuqur yoritilgan. Shuningdek, dushmanlik, tovlamachilik, hayotda yuz beradigan tub burilishlar va ularning sabablariga e’tibor qaratilgan.
Asarda Vatan va oila qadri, do‘stlik va sadoqatning inson hayotidagi o‘rni, ma’naviy yetuklik sari yo‘l ochishi g‘oyasi ilgari surildi.
Talabalar filmni katta qiziqish bilan tomosha qilib, undan hayotiy saboqlar olishdi. Tadbir yoshlarning ijtimoiy ongini shakllantirish va ma’naviy tarbiyasini mustahkamlashga xizmat qildi.