Kitob – ma’rifat manbai, tafakkur quvvati!
“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti “Iqtisodiyot” fakulteti, Sirg‘ali tumani “Oltin vodiy” mahalla fuqarolar yig‘ini raisligi, mahalla yoshlari va institutning ijtimoiy faol talabalar ishtirokida “Bir haftada – bir kitob” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Suhbat davomida:
- Kitob mutolaasining shaxsiy rivojlanish va fikrlashdagi o‘rni
- Har bir yoshning haftasiga kamida bitta asar o‘qish odatini shakllantirish
- Milliy va jahon adabiyoti durdonalari haqida suhbatlar olib borildi
Tadbirda ishtirokchilar:
▪️ O‘zlari yaqinda o‘qigan kitoblar haqida fikr bildirdilar
▪️ Bir-birlariga qiziqarli asarlar bo‘yicha tavsiyalar berdilar
▪️ Adabiyotga bo‘lgan muhabbatlarini ifoda etdilar
Bu kabi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar orqali yoshlar ongida intellektual o‘sish, kitobxonlik madaniyati va adabiyotga mehr kuchaymoqda.