Kitobga mehr — kelajakka yo‘l!
To‘qimachilik muhandisligi fakulteti faol talabalari Olmazor tumanidagi “Umid” MFYga qarashli 219-maktabga tashrif buyurishdi.
Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Haqqiyeva Mehrinoz boshchiligida talabalar va maktab o‘quvchilari ishtirokida kitobxonlik va ilmga qiziqishni oshirishga qaratilgan tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida:
Kitobxonlik madaniyatini shakllantirish
Adabiyot va she’riyatga muhabbat uyg‘otish
Notiqlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.
Bunday uchrashuvlar yosh avlod tafakkurini boyitish, ilmga, so‘zga va kitobga mehr uyg‘otishda muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.