"Kitobxon yoz – 2025" loyihasi doirasida kitob ko‘rgazmasi
Sanoat texnologiyalari va mexanika fakulteti tashabbusi bilan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida talaba-yoshlar va mahalla yoshlari ishtirokida kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Mazkur tadbir “Kitobxon yoz – 2025” loyihasining navbatdagi qadami bo‘lib, unda ishtirokchilar turli mavzulardagi badiiy va ilmiy kitoblar bilan tanishdilar, o‘zaro fikr almashdilar va sevimli asarlari haqida suhbatlashdilar.
Tadbirning asosiy maqsadi — yoshlar orasida kitobxonlik madaniyatini oshirish, mustaqil o‘qish ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda ilmga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirishdan iborat.
Ko‘rgazma davomida talabalar tomonidan tayyorlangan ijodiy ishlar, kitoblar tavsifi va yozuvchi-portretlar ham namoyish etildi.