05:59 Chorshanba 10 Dekabr 2025 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Grant
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

Kompleks PROFILAKTIK CHORA-TADBIRLAR YUZASIDAN MUHOKAMA YIG'ILISHI O'TKAZILDI

09.12.2025
28

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida talabalar o‘rtasida giyohvandlik, jinoyatchilik va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlarni kuchaytirish maqsadida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
9-dekabr kuni o’tkazilgan mazkur yig‘ilishda prorektorlar, fakultet dekanlari va ularning o‘rinbosarlari, shuningdek, tegishli jamoat tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdilar.
Tadbir davomida talaba – yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik, giyohvandlik va jinoyatchilikning oldini olishga doir dolzarb masalalar muhokama qilinib, mavjud vaziyatning tahlili hamda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan kompleks profilaktik chora-tadbirlar yuzasidan tegishli ko’rsatma va tavsiyalar berildi.
Shuningdek, giyohvandlikning ijtimoiy va huquqiy oqibatlari, jinoyatchilikka olib keluvchi xavf omillari va ularning oldini olish mexanizmlari bo‘yicha fikr almashildi.
Talabalar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yanada kuchaytirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish hamda profilaktik faoliyatni tizimli ravishda olib borish muhimligi alohida qayd etildi.
Yig‘ilish yakunida fakultetlar kesimida profilaktik ishlarni samarali yo‘lga qo‘yish, muntazam ravishda ma’rifiy uchrashuvlar tashkil etish va nazorat mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha tegishli yo’nalishlar belgilab olindi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?