06:16 Yakshanba 07 Dekabr 2025 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Grant
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

“KONSTITUTSIYA – ADOLAT TANTANASI”

04.12.2025
84

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33 yilligi munosabati bilan navbatdagi badiiy-ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi.

4-dekabr kuni o’tkazilgan tadbirda institut katta Yuristkonsulti Karimov Dilshod ma’ruza qilib, talaba-yoshlarga Konstitutsiyaning qabul qilinish tarixi va undagi inson huquqlari bilan bog’liq masalalarning kafolatlanganligi to’g’risida batafsil ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, tadbirda Yoshlar ittifoqining fakultetlardagi faollari tomonidan tayyorlangan badiiy sahna ko’rinishlar tomoshabinlar e’tiboriga havola etildi.

Tadbir davomida Dizayn va texnologiyalar fakultetining faol a’zolari Konstitutsiyaning jamiyatdagi o‘rni va huquqiy madaniyat haqida chiqish qildilar. Sanoat texnologiyalari va mexanika hamda To‘qimachilik muhandisligi fakulteti talabalari esa mavzu doirasida yoshlar hayotiga oid dolzarb masalalarni yoritib berdilar.

Tadbir Iqtisodiyot fakulteti talabalari tomonidan namoyish etilgan sahna ko‘rinishi bilan yakunlandi.

Shuningdek, tadbir yakunida konstitutsiyaga oid devoriy gazetalar tanlovida ishtirok etgan eng faol talabalar taqdirlandi, sertifikat va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?