“KONSTITUTSIYA – ADOLAT TANTANASI”
O’zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan tadbir bo’lib o’tdi.
3-dekabr kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida o’tkazilgan tadbirda ishtirok etgan, O’zbekiston Konstitutsiyaviy Sudining sudyasi Raximov Abdumannob, katta inspektori Karimov Alisher hamda institut birinchi prorektori Nasimov Baxtiyor tomonidan talaba-yoshlariga batafsil ma’lumotlar berildi.
Jumaladan, O’zbekiston Konstitutsiyaviy Sudining sudyasi Raximov Abdumannob “Konstitutsiya – adolat tantanasi” mavzusida, O’zbekiston Konstitutsiyaviy Sudining katta inspektori Karimov Alisher “Inson huquqlari va erkinliklarini Konstitutsiyaviy himoya qilish mexanizmlari: rivojlanish tendensiyalari” mavzusida, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institut Yoshlar masalalari va ma’naviy – ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektori Nasimov Baxtiyor “Bosh Qomusimiz – Yangi O’zbekistonning poydevori” mavzusida ma’ruza qildilar.
Shuningdek, tadbirda institut katta Yuristkonsulti Karimov Dilshod, o’qituvchi-professorlar va jamoat tashkilotlari a’zolari ishtirok etdilar.
Tadbir jonli muloqot shaklida o’tib, tabalabalar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniga ega bo’ldilar. Shuningdek, tashrif buyurgan ma’ruzachilarga esdalik sovg’alari topshirildi.