KUN TARTIBIDA: “TALABA-YOSHLAR BILAN SAMARALI ISHLASHNI KUCHAYTIRISH MASALASI”
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida talabalarning muammolari, takliflari va qiziqishlarini muntazam o‘rganib borish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish hamda talaba-yoshlar bilan samarali ishlashni kuchaytirish borasida bir qator ishlar olib borilmoqda
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti Yoshlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi — Yoshlar yetakchisi Surxonbek Xo‘jamurodov tomonidan guruh sardorlari ishtirokida maxsus uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida kurs qo‘mitalarining asosiy vazifalari, talabalar bilan muntazam ishlash, ularning murojaatlarini qabul qilish va o‘rganishning yangi tartiblari hamda institutda yoshlar bilan ishlash yo‘nalishida amalga oshirilayotgan yangilangan loyihalar, ijtimoiy faollikni kuchaytirishga qaratilgan tashabbuslar muhokama qilindi.