🔊
01:41 Shanba 23 May 2026 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Grant
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

“RAHBAR – YOSHLAR UCHRASHUVI” BO‘LIB O‘TDI

07.05.2026
6

O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi hamda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti hamkorligida “Rahbar – yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi.

“Xalq bilan birga” umumxalq dasturi doirasida o‘tkazilgan uchrashuvda O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi, O‘zLiDeP fraksiyasi rahbari hamda O‘zbekiston fermerlar kengashi raisi - Aktam Xaitov, O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi va Ijroiya qo‘mitasi a’zosi, Yoshlar va ayollar masalalari bo‘yicha rais o‘rinbosari hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi a’zosi - Gulshana Xudoyarova, O‘zLiDeP Toshkent shahar Kengashi raisi - Ravshan Fazilov hamda institut birinchi prorektori Baxtiyor Nasimov ishtirok etdilar.

Fraksiya a’zolari, professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar qatnashgan uchrashuv davomida yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha davlat siyosati darajasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Muloqot doirasida institutning faol va iqtidorli talabalariga O‘zLiDeP stipendiyasi va partiyaning esdalik sovg’alarini topshirish marosimi bo’lib o’tdi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?