Mahalla yoshlari uchun sahnalashtirilgan “TO‘MARIS” namoyishi o‘tkazildi
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti Sanoat texnologiyalari va mexanika fakultetida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida mahalla yoshlari uchun “TO‘MARIS” nomli teatrlashtirilgan sahna asari namoyish etildi.
Mazkur tadbir yoshlar ongida tarixiy xotirani mustahkamlash, milliy qadriyatlarga hurmat tuyg‘usini shakllantirish va ma’naviy-ma’rifiy tarbiyani kuchaytirishga qaratildi.
Teatr ko‘rinishidagi sahna asari yoshlarda katta taassurot qoldirib, ularning estetik didi va vatanparvarlik ruhini yuksaltirishga xizmat qildi.
Bunday tashabbuslar yoshlar bilan samarali ishlashda muhim ahamiyat kasb etadi.