Mahorat darsi va o‘quv kurslari tashkil qilindi
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti huzuridagi “O‘zbek-Koreya o‘quv-amaliy to‘qimachilik texnoparki” DM va Toshkent shahar Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘rta maktablarning 7-11-sinf o‘quvchilariga “Dizayn” va “To‘qimachilik” sohasida ko‘nikma hosil qilishlari uchun 10-11 oktabr kunlari mahorat darsi va o‘quv kurslari tashkil qilindi.
Shuningdek, mahorat darslaridan so‘ng Texnoparkda tashkil qilinadigan o‘quv kurslarida qatnashish istagini bildirgan o‘quvchilar kursda qatnashib, o‘zining malakasini oshirish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
O‘quv kursini tugatgan yoshlarga tegishli tartibda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutiga o‘qishga kirishga yo‘llanma berish joriy elitilishiga Toshkent shahar Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi bilan kelishib olindi.