11:08 Shanba 19 Aprel 2025 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Elektron hujjatlar
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

“MAʼRIFAT DARSI” – YOSHLARNI YANGI BILIM VA SIYOSIY FAOLLIK SARI ILHOMLANTIRDI!

17.04.2025
43

2025-yil 17-aprel kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida navbatdagi “Ma’rifat darsi” mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.

Mazkur darsda Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Shuhrat Xushvaqtov ishtirok etib, talabalar bilan ochiq muloqot olib bordi.

Mashg‘ulot davomida talabalar uchun so‘nggi siyosiy, iqtisodiy va madaniy voqealar yuzasidan tahliliy ma’lumotlar taqdim etildi.

Asosiy e’tibor quyidagi muhim voqeaga qaratildi:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2025-yil 7-aprel kuni Parlamentlararo Ittifoqning 150-yubiley Assambleyasidagi nutqi.

Assambleya doirasida:

140 ga yaqin davlatdan 2000 dan ortiq delegatlar ishtirok etgani,

181 ta milliy parlament va 15 ta mintaqaviy uyushmani birlashtirgan ushbu nufuzli Ittifoq ilk bor Markaziy Osiyo mintaqasida – aynan O‘zbekistonda o‘tkazilgani alohida ta’kidlandi.

Bu kabi mashg‘ulotlar yoshlarning siyosiy ongi, tahliliy fikrlash ko‘nikmalari va Vatanga bo‘lgan sadoqatini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?