"Maʼrifat ulashib” loyihasi o'tkazildi
Xabaringiz bor, institutimiz tomonidan "Maʼrifat ulashib” loyihasi o'tkazildi. Xususan loyiha doirasida institutda professor Jabbor Eshonqulov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, Tohir Qahhorlar va talaba-yoshlar ishtirokida ijodiy uchrashuv tashkil etildi.
Adiblar tomonidan vatanparvarlikni madh etuvchi sheʼrlar o‘qildi, talablarning qizg‘in savollari muhokama qilindi. Tadbirning yalpi qismi o‘z nihoyasiga yetganidan so‘ng faol talabalarga ustozlarning dasthatlari tushirilgan kitoblar esdalik sifatida topshirildi. Shundan so‘ng, Talabalar turar joyida Jabbor Eshonqulov, Tohir Qahhor va talaba-yoshlar ishtirokida ijodiy kecha tashkil etildi. Tadbir davomida talabalar tomonidan adiblarning hayoti va ijodiy faoliyati bo‘yicha she’rlaridan ijro etildi. Mazkur kechada talaba-yoshlar adiblarning hayoti va ijodidan bahramand bo‘lishdi.