Uch avlod uchrashuvi – ilm, tajriba va yoshlik uyg‘unligi
Bugun institutimizda unutilmas uchrashuv – “Uch avlod uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi. Ilm-ma'rifat yo‘lida fidokorlik bilan xizmat qilgan faxriy ustozlar, tajribali o‘qituvchilar va yosh avlod vakillari bir sahnada jam bo‘ldi.
Bu uchrashuv nafaqat tajriba almashinuvi, balki qalblar uyg‘unligi, avlodlar orasidagi bog‘liqlikning yorqin ifodasi bo‘ldi. Faxriylarimiz o‘z hayot yo‘llari, yutuq va saboqlari bilan o‘rtoqlashib, yoshlarga ilhom bag‘ishladi. Talabalar esa ustozlarimizning har bir so‘zini diqqat bilan tinglab, kelajak sari intilishga yana bir bor undandilar.