🔊
03:51 Chorshanba 15 Aprel 2026 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Grant
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

QATAG‘ON QURBONLARI XOTIRASI YOD ETILDI

08.04.2026
25

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti jamoasining “Moziyga sayohat” dasturi doirasida  “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuasi va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag’on qurbonlari xotirasi davlat muzeyiga sayohati tashkil etildi.

Talaba - yoshlar ongida milliy tarixga bo‘lgan hurmat va tarixiy xotirani mustahkamlash, mustabid tuzum davrida qatag‘on qilingan ajdodlar taqdiri haqida chuqur bilim berish, ularning xotirasini yod etish orqali vatanparvarlik, fidoyilik va mas’uliyat tuyg‘ularini shakllantirish maqsadida tashkil etilgan tadbirda institut prorektorlari, fakultetlar dekanlari, professor-о‘qituvchilari qatnashdilar.

Xususan, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Nodir Mirzayev, Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor Ismailjon Bulanov, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Shuxrat Xushvaqtov hamda Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi direktori Baxtiyor Xasanov ishtirok etdi.

Ekskursiya davomida ishtirokchilar o‘tgan asrning murakkab va fojeali davrlari, minglab begunoh insonlarning taqdirini izdan chiqargan siyosiy qatag‘onlar, ularning hayoti va ijodi, Vatan ravnaqi yo‘lida ko‘rsatgan fidoyiliklari haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?