"Mexanika muhandisligi" kafedrasida "3D modellashtirish" to‘garagining navbatdagi mashg‘uloti tashkil etildi
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti “Mexanika muhandisligi” kafedrasi dotsenti M. Agzamov tomonidan tuzilgan metodik reja asosida navbatdagi “3D modellashtirish” to‘garagi mashg‘uloti o‘tkazildi.
Mazkur to‘garak institut talabalari o‘rtasida amaliy bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish, soha bo‘yicha chuqurlashtirilgan ta’lim berish, shuningdek, ishlab chiqarish jarayonlarida qo‘llaniladigan zamonaviy texnologiyalarni amaliyotda qo‘llay olish qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
Mashg‘ulot davomida dotsent M. Agzamov 3D modellashtirish jarayonida detal va elementlarga kesim (razrez) va qirqim (srez) berish usullari, ularning texnik jihatdan ahamiyati, grafik dasturlarda aks ettirish yo‘llari haqida talabalarga batafsil tushuncha berdi. Har bir uslub misollar asosida ko‘rib chiqildi va amaliy mashqlar bilan mustahkamlandi.
Shuningdek, talabalarning mustaqil fikrlashini rivojlantirish hamda mashg‘ulotlarda faol ishtirokini ta'minlash maqsadida ular bilan savol-javob shaklidagi muhokamalar tashkil etildi. Mashg‘ulot yakunida esa ishtirokchilarga keyingi dars mavzulariga tayyorgarlik ko‘rish va mustaqil bajarilishi lozim bo‘lgan amaliy topshiriqlar berildi.
“3D modellashtirish” to‘garagi mashg‘ulotlari davom etmoqda va u talabalarning texnik tafakkuri, loyihalash qobiliyati hamda IT sohasidagi ko‘nikmalarini shakllantirishda muhim o‘rin tutmoqda.