03:03 Shanba 17 May 2025 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Elektron hujjatlar
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

Milliy qadriyatlar – millat ma’naviyati timsoli

16.05.2025
24

16-may kuni Toshkent shahri Yakkasaroy tumanidagi “Do‘stlik” bog‘ida Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti hamda Yakkasaroy tumani hokimligi hamkorligida “Xalqaro oila kuni” munosabati bilan “Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi o‘rni” shiori ostida “Milliy-Yakkasaroy” madaniy tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda xorijlik va o‘zbek talaba-yoshlar, san’atkorlar, madaniyat xodimlari hamda raqs jamoalari ishtirok etdi. Bayramona muhitda tashkil etilgan “Milliy qadriyatlar ko‘rgazmasi”da mamlakatimizning boy milliy merosi va zamonaviy san’ati uyg‘unlashgan rang-barang dasturlar namoyish etildi.

Jumladan, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti hamda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti talabalari tomonidan tayyorlangan milliy va zamonaviy liboslar kolleksiyasi ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.

Milliy qadriyatlarimizni yoshlar orasida keng targ‘ib qilishga xizmat qiluvchi bunday tadbirlar – ma’naviy boyligimizni asrash yo‘lida muhim qadamdir.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?