15:49 Dushanba 31 Mart 2025 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Elektron hujjatlar
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

“Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi o‘rni” shiori ostida tadbir o‘tkazildi

28.03.2025
34

To‘qimachilik muhandisligi fakulteti faol jamoasi ishtirokida “Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi o‘rni” shiori ostida tadbir o‘tkazildi. Tadbirda milliy qadriyatlarimizga xos bo‘lgan an’analarni yanada qadrlash va e’zozlash to‘g‘risida alohida to‘xtalib o‘tildi.

Qadriyat - voqelikdagi muayyan hodisalarning umuminsoniy, ijtimoiy axloqiy, madaniy ma’naviy ahamiyatini ko‘rsatish uchun qo‘llanadigan tushuncha. Inson va insoniyat uchun ahamiyatli bo‘lgan barcha narsalar, masalan, erkinlik, tinchlik, adolat, ijtimoiy tenglik, ma’rifat, haqiqat, yaxshilik, go‘zallik, moddiy va ma’naviy boyliklar, an’ana, urf-odat va boshqalar qadriyatlar hisoblanadi.

Tadbirda qadriyat tushunchasi va uning mazmun-mohiyati kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan tadbir ishtirokchilariga yoritib berildi. Tadbirda talabalar ham faol ishtirok etdilar.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?