🔊
01:39 Shanba 23 May 2026 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Grant
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

ZAMONAVIY TRENAJOR ZAL FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

08.05.2026
12

Davlatimiz rahbari tomonidan jismoniy tarbiya va sport sohasidagi ustuvor vazifalar yuzasidan belgilab berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida yana bir muhim amaliy qadam qo‘yildi.

Institut talabalarining bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning jismoniy faolligini oshirish hamda sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Talabalar turar joyida zamonaviy sport xonasi — trenajor zali foydalanishga topshirildi.

Ochilish marosimida institut rektori Davron Vaxabov ishtirok etib, zamonaviy trenajor uskunalari bilan to‘liq jihozlangan sport zali talabalarning muntazam sport bilan shug‘ullanishi, jismoniy chiniqishi hamda sog‘lig‘ini mustahkamlashi uchun barcha zarur sharoitlarga ega ekanligini alohida ta’kidladi.

Endilikda talaba-yoshlar o‘z yashash hududining o‘zida sport bilan shug‘ullanish, jismoniy faolligini oshirish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Institut rektori tomonidan ilgari surilayotgan bu kabi tashabbuslar talaba - yoshlarni sportga keng jalb etish, sog‘lom avlodni tarbiyalash hamda talabalar uchun zamonaviy sport infratuzilmasini yaratish maqsadida keng miqyosda amalga oshirilmoqda.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?