Institutimiz xalqaro reytingda yuqori o’rinni qayd etdi
Indoneziyaning “UI Green Metric World University Ranking” xalqaro reyting agentligi tomonidan butun dunyo oliy taʼlim muassasalari boʻyicha joriy yil reyting natijalari eʼlon qilindi.
Quvonarlisi, Toshkent to'qimachilik va yengil sanoat instituti - xalqaro “UI Green Metric World University Ranking” nufuzli reytingida TOP oliy taʼlim muassasalari qatorida rivojlanayotgan institut sifatida eʼtirof etildi va dunyo oliygohlari ichida 1296-oʻrinni egalladi.
Maʼlumot uchun, UI Green Metric World University Ranking - 2010-yilda “Universitas Indonetsia” tomonidan tashkil etilgan yashil kampus va ekologik barqarorlik reytingidir. Mazkur tanlov “Universitas Indonetsia” tomonidan oʻtkaziladigan jahon darajasidagi oliy oʻquv yurtlari reytingi boʻlib, 6 mezon boʻyicha 39 koʻrsatkich orqali universitetlarning ekologik majburiyatlari va tashabbuslari natijalarini shaffof aniqlashga qaratilgan. Demak, UI Green Metric World University Ranking – “yashil” universitetlarning global reytingi hisoblanadi.